WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Kimyo

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“Kimyo” ta’lim dasturi

Tabiiy fanlar fakultetining “Kimyo” yo’nalishida tabiiy fanlarni o’qitishda fanlar integratsiyasi va metodik tamoyillar bilan chambarchas holda 4 yil davomida kimyo fanlarini nafaqat o’qitilish balki fanning umumiy ma’no va mazmuni to’liq o’qitiladi. Ta’lim berish davomida talabalarga pedagogik ta’lim va o’qituvchilik mahoratlari ham o’rgatib boriladi. Darslar davomida o’quvchilar bilan ishlash darslarni samarali tashkil etish jarayonlari bevosita laboratoriya mashg’ulotlarida tushunchalar berib boriladi.

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Tabiiy fanlar sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz.

Siz 4 yil davomida “Kimyo” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

1. Majburiy fanlar: 5100 soat

2. Tanlov fanlar: 1260 soat

3. Malakaviy amaliyot: 840 soat

Jami: 7 200 soat

Qo‘shimcha izohlar:

1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar