WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kimyo (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

60530100 – Kimyo (turlari bo’yicha)

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturida Siz hozirgi zamonaviy kimyo fanlari bo'yicha o`zlashtiriladigan umumiy va kasbiy kompetentsiyalar asosida har qanday sanoat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi atrof muhit ekologiyasida, inson salomatligida tutgan o‘rni, turli kimyoviy reagentlarning barcha sanoat mahsulotlari sifatiga ta’siri bo’yicha tasavvurlarga ega bo’lasiz, shuningdek fan atamalari bilan tanishasiz.

Siz 4 yil davomida “60530100 – Kimyo (turlari bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Shu bilan birga, Kimyo fanlari tizimidagi eng yangi va zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtirasiz.

Zero, butun borliq va tabiatni asosi kimyo ekanligini yodingizdan chiqarmang! Biz bilan ta’lim olish orqali ko’zlagan maqsadingizga erishing!

Mazkur ta’lim dasturida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jami oʻquv yuklama 7200 soatni tashkil etadi.

Jumladan:

Auditoriya mashg’ulotlari: 2730 soat

Mustaqil ta’lim: 3390 soat

Malakaviy amaliyot: 390 soat

Pedagogik amaliyot: 240 soat

Yakuniy davlat attestatsiyasi: 450 soat

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1,2,3,4,5,6,7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

13

2,4,6,8

Pedagogik amaliyot

8

8

Attestatsiya

14

1,2,3,4,5,6,7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

8

Ta’tillar

51

1,2,3,4,5,6,7,8

Kredit ta’lim tizimiga kirish (Fanlarni tanlash uchun ro’yxatdan o’tish)

7

1,2,3,4,5,6,7

Kredit ta’lim tizimiga kirish (GPA ko’rsatkichlarini hisoblash)

3

2,4,6

Jami

204

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi;
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar