Farg‘ona davlat universiteti
Kimyo (turlari bo‘yicha)
Dastur haqida
| Kimyo (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. 60530100 ─ Kimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ─ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlari, fan va ishlab chiqarish, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, atrof muhitni muhofaza qilish laboratoriyalari, ichimlik suvi tayyorlash va nazorat qilish laboratoriyalari, sanitariya epidemiologiya stansiyalari laboratoriyalari, FVV laboratoriyalari, bojxona xizmati laboratoriyalari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Kimyo sohasi bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalariga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. 60530100 ─ Kimyo (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’lim tizimida kimyo va kimyoning turli bo‘limlariga oid fanlardan dars berish, ta’lim tizimida o‘quv ustasi, kabinet mudiri, metodist, muxandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy ─ tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, kimyoviy, farmatsetika ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari, sog‘liqni saqlash, sanitariya nazorati, sertifikatlash va standartlashtirish, bojxona va boshqa davlat muassasalarida laborant, katta laborant, muxandis va mas’ul xodimlar lavozimlarida ishlash, turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash, yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda muxandis, tadqiqotchi va texnolog bo‘lib ishlash, ta’lim jarayoni meyoriy hujjatlar, pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. |
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Kimyo muhandisligi
13 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Biologiya
—
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Ijtimoiy ta’minot
24 384 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Amaliy matematika
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Biologiya
11 710 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
17 834 925 so'm
yiliga