WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Kimyo (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Nomi:  60530100 – Kimyo  (turlar bo‘yicha)

Tavsif:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, fan va ishlab chiqarish, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, atrof muhitni muhofaza qilish laboratoriyalari, ichimlik suvi tayyorlash va nazorat qilish laboratoriyalari, sanitariya epidemiologiya stansiyalari laboratoriyalari, FVV laboratoriyalari, bojxona xizmati laboratoriyalari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Siz 4 yil davomida “Kimyo (turlar bo‘yicha) ” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan kimyoviy laboratoriya jihozlari bilan tanishib ularni ishlatish ko’nikmalarig ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’lasiz. fanlarni Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir (4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6480 soat

Malkaviy amaliyot: 600 soat

Yakuniy davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

21

2,4,6,8

Attestatsiya

21

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

6

8

Ta’tillar

41

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

10

1 – 8

Jami

204

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar