WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Qurilish muhandisligi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

“Qurilish muhandisligi” kafedrasi 1929 yili O‘rta Osiyo paxtachilik – irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI) tarkibida tashkil topgan bo‘lib, unda Respublikaning dastlabki quruvchi-muhandislari ta’lim olganlar. Bu o‘z navbatida Respublikamiz tarixida qurilish sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash jarayonini boshlab berdi. 1931 yili kafedra O‘rta Osiyo qurilishi institutining keyinchalik esa SazPI va ToshPIning ixtisoslashtirilgan kafedrasiga aylandi. Kafedraga 1949 yilgacha t.f.n. dotsent Neron V.N., 1948 yildan 1988 yilgacha professor Ashrabov A.B. rahbarlik qilgan. 1970-1980 yillarda quruvchi-muhandislarga talab oshganligi munosabati bilan kechki va sirtdan o‘qiyotgan talabalar soni ko‘payishi natijasida 1972 yilda “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi tarkibidan kechki va sirtqi talabalari uchun “Bino konstruksiyalari” kafedrasi ajralib chiqdi va 1990 yilda yana qayta qo‘shildi. 1991 yilda Toshkent arxitektura – qurilish instituti tashkil etilgach, “Qurilish konstruksiyalari” va “Bino konstruksiyalari” kafedralari asosida “Temirbeton va tosh konstruksiyalari” va “Metall, yog‘och va plastmassa konstruksiyalari” nomli yangi kafedralar tashkil etildi. Bu ikki kafedraga professor K.I. Ruziev va dotsent N.B. Shoumarovlar rahbarlik qildilar. 1997 yilda mazkur kafedralar birlashtirilib, “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi qayta tashkil qilindi. 1997 – 2006 yillarda t.f.d. professor Xodjaev A.A., 2006 – 2014 yillarda t.f.n. professor Nizomov Sh.R., 2014 – 2024 yilda PhD, dotsent Yusufxo‘jaev S. A. “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2024 yilda Toshkent arxitektura – qurilish universiteti maqomi olingandan so‘ng “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi nomi “Qurilish muhandisligi”ga o‘zgartirildi va hozirgi kunda PhD, professor Yusufxo‘jaev Saidg‘ani Abdullaxo‘jaevich kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.Kafedraning rivojiga xissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar: Neron V.N., Ashrabov A.B., Ruziev Q.I. Tarasov O.G., Tyukalova V.N., Nizomov Sh.R., Xodjaev A.A., Mirzaev P.T., Shaumarov N.B., Abdullaev Z.A., Roziqov R.R., Saydullaev Q.A., Alimov M.M., Adilxodjaev A.A., Usmanov F.T., Akbarov M.O., Saydullaev A.A., Xudayberganova M.A., Rajabova S.Sh., Pavlyak N.N., Kazakbaeva K.K.,  Yakunina R.N., Tretyakov O.Ye., To‘laboev V., Abidov D.S.Shuningdek ishlab chiqarish bilan ta’lim orasidagi integratsiyani yo‘lga qo‘yish maqsadida, o‘rindoshlik asosida quyidagi malakali mutaxassislar kafedrada dars mashg‘ulotlarini olib borishga jalb qilingan (t.f.n., dotsent M.Ruzieva, U.Kuchkarboev, I.Tulaganov AJ “Uzog‘irsanoatloyiha”, X.Mamadaliev “O‘zshaharsozlik LITI” DUK, Sh.P. Mirzaev “Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya markazi” MChJ direktori, A.Abidov “GOLDEN PROJECT” XK direktori, K.Ruzmatov “DIYOR PROEKT PRO” MChJ. Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida kafedra ilg‘or horijiy oliy ta’lim muassasalari- Xitoy xalq respublikasini Tongji Universiteti, Germaniyaning Bauxaus Vaymer universiteti, Rossiya federatsiyasining Don davlat qurilish universiteti, Qozig‘iston respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti, hamda Polsha davlatining Belastok texnika universiteti kabi oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqdalar.

O'xshash dasturlar