WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro innovatsiyalar universiteti

Qurilish muhandisligi

Bakalavr Dual 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

 Qurilish muhandisligi

  "Qurilish muhandisligi" yo'nalishi turar-joy, sanoat va jamoat binolari hamda muhandislik inshootlarini
  loyihalashtirish, qurish va eksplutatsiya qilish bo'yicha yuqori malakali muhandis-quruvchilarni tayyorlashga
  qaratilgan zamonaviy ta'lim dasturidir. Dual ta'lim shakli orqali talabalar universitetdagi nazariy bilimlarni real
  qurilish maydonlari va loyihalashtirish tashkilotlaridagi amaliy faoliyat bilan birga o'zlashtiradilar.

  Dastur maqsadlari

  Zamonaviy qurilish texnologiyalarini, BIM (Building Information Modeling) tizimlarini va xalqaro standartlarni
  o'zlashtirgan, binolar va inshootlarning chidamliligi, mustahkamligi va energiya samaradorligini ta'minlay oladigan
  keng qamrovli qurilish muhandislarini tayyorlash.

  Asosiy o'quv fanlari:

  • Inshootlar va qurilish konstruksiyalari (temir-beton, metall, yog'och)
  • Nazariy mexanika va materiallar qarshiligi
  • Qurilish materiallari va ularning xossalari
  • Gruntlar mexanikasi va poydevorlar
  • Arxitektura asoslari va loyihalash
  • Qurilish texnologiyasi va ish bajarish usullari
  • BIM, AutoCAD, Revit, Tekla dasturlarida loyihalashtirish
  • Qurilish loyihalarini boshqarish va smeta ishi
  • Geodeziya va muhandislik izlanishlari

  Olinadigan ko'nikmalar:

  • Turar-joy va jamoat binolarining konstruksiyalarini loyihalashtirish
  • Inshootlarning mustahkamligini hisoblash va yuklamalarni baholash
  • BIM-texnologiyalar yordamida zamonaviy raqamli loyihalar yaratish
  • Qurilish loyihalarini boshqarish, smeta va kalendar rejasini tuzish
  • Davlat normalari (KMK, SNiP) va xalqaro standartlar (Eurocode) bo'yicha ishlash

  Kasbiy istiqbollar

  Dastur bitiruvchilari quyidagi lavozimlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib boradilar: qurilish muhandisi,
  konstruktor-loyihachi, qurilish ob'ektida bosh muhandis, qurilish loyihalari menejeri (project manager), smetachi,
  BIM-mutaxassis, qurilish nazorati inspektori, "Davarxitektqurilishnazorati" va "O'zshaharsozlik" tashkilotlarida bosh
  mutaxassis hamda xususiy qurilish va loyihalashtirish kompaniyalarida ekspert.

  Davomiyligi: 4 yil (bakalavriat) | Ta'lim shakli: Dual | Soha: Arxitektura va qurilish

O'xshash dasturlar