WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Qurilish muhandisligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60730300 - Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.

Kasbiy kompetensiyalar:

- me'yoriy huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatda foydalanish ko'nikmalariga ega bo' lish;

- qurilish sohasidagi jarayonlami tashkil etish va boshqarish;

- qurilish ob'ektlarida ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini bajarishda usta (master), qurilish ishlarini boshqaruvchi (prorab), muhandis hamda loyiha tashkilotlarida konstruktor bo' lib ishlash;

- turli qurilish ob'ektlarining ayrim texnologik jarayonlarning hisobiy-texnologik xaritalarini tuzish va qo'llash;

- qurilishda qo'llaniladigan materiallar va konstruksiyalarning sifatini nazorat qilish; - turar-joy, jamoat va sanoat bino va inshootlami hamda neft-gazni qayta ishlash sanoati ob'ektlarini barpo etishda qurilish texnologiyasiga rioya qilinishini nazorat qilish;

- turar-joy, jamoat va sanoat bino va inshootlami hamda neft-gazni qayta ishlash sanoati ob'ektlari qurilishida texnik hujjatlami (ishlami bajarish grafiklari, yo'riqnomalar, rejalar, smetalar, material va jlhozlarga buyurtmalar) tuzish;

- qurilish, ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladigan hududlarni qurilishga muhandislik tayyorgarlik ishlarini baj arish;

- ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivoj lantirish va ulardan foydalanish; shaharsozlik va kasbiy etika kodekslariga, hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.

O'xshash dasturlar