WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tavsif: Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalar zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring, algoritmlar, ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellektning nazariy hamda amaliy asoslari to’g’risidagi chuqur bilimlar asosida IT sohasida yuqori malakali dasturchi va tizim tahlilchisi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mazkur ta’lim yo’nalishi raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgan bugungi mehnat bozorida eng talabgir bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

“Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo’nalishi talabalari 4 yil davomida dasturlash tillari (Python, Java, C++, JavaScript), bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlik va loyihalarni boshqarish metodologiyalari kabi eng dolzarb fanlarni o’zlashtirish orqali kuchli nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Ushbu ta’lim yo’nalishida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.

O'xshash dasturlar