Dastur haqida
Yagona protsessor elementlaridan tortib Internet kabi yirik kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan diapozondagi kompyuter tizimlarini loyihalash, tahlil qilish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassisga aylaning
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari mutaxassisligi 2 yillik taʼlim dasturi bo‘lib, unda turli dasturlash tillaridan foydalangan kompyuter tizimlarida maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish, hisoblash jarayonlarini dasturlash va mantiqiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.
Taʼlim dasturi yagona protsessor komponentlaridan tortib Internet kabi kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan diapozondagi kompyuter tizimlarini loyihalash, tahlil qilish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassis bilimlarini olish imkoniyatini taklif etadi.
Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:
- Dasturlash tamoyillari, hisoblashning matematik va algoritmik asoslari, axborot tizimlarini hamda maʼlumotlar bazasini loyihalash va boshqarish bo‘yicha bilim va raqamli ko‘nikmalarni egallash.
- Bulutli hisoblash, maʼlumotlarni boshqarish, dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va mashinani o‘qitishning joriy texnologiyalari haqida keng qamrovli amaliy tushunchalarni olish.
- Mustaqil ravishda muammolarni o‘rganish va tadqiqotlar olib borish, loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va boshqarishni amaliy bajarish.
Egallash mumkin bo‘lgan faoliyat turlari
- Ilmiy-pedagog mutaxassis
- Tarmoqni boshqarish mutaxassisi
- Dasturchi va Tester mutaxassis
- Web dasturchi mutaxassis
- Axborot tizimlari mutaxassisi
O'xshash dasturlar
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Axborot tizimlari va texnologiyalari
21 607 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Sun'iy intelekt
20 212 915 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Axborot xavfsizligi
20 212 915 so'm
yiliga
“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti
Ma’lumotlar ilmi (Data Science)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Axborot tizimlari
13 000 000 so'm
yiliga