WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

Dirijyorlik: akademik xor dirijyorligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“Akademik xor dirijyorligi sanʼati” asosiy fanning maqsadi — talabani 4 yillik 
taʼlim doirasida boʻlajak xor dirijyorining barcha malakaviy (ijrochi, xormeyster va 
pedagog) xarakteristikalari yigʻindisi (sintez) orqali professional faoliyatga tayyorlash. 
Musiqiy asar ijrosi jarayonining tanqidiy tahlil koʻnikmalarini, turli ijrochilik 
talqinlarning qiyosiy tahlilini oʻtkazish, asarning yaxlitligi va dramaturgiyasiga binoan 
qura olishni rivojlantirish. Xor jamoasining repertuar strategiyasini mustaqil tuzish 
malakasiga olib keladigan qobiliyatni oʻstirish, tashkilotchilik koʻnikma va malakalariga 
ega boʻlish. 
Fanning vazifasi — Dirijyorlikning texnik va ijrochilik malakalarini oʻzlashtirish.  
Talabani olgan bilimlarini pedagogik nuqtai nazardan toʻgʻri qoʻllay olishga, oʻquv 
jarayonini mustaqil rejalashtirishga, asosiy masalalar yechimiga ijodiy yondashishga, 
musiqiy sanʼat va fan jabhasidagi maxsus adabiyotlar bilan ishlashga, hamda malakaviy 
tushuncha va atamalardan foydalanishga oʻrgatish. Asar partiturasi ustida mustaqil 
ishlay bilish koʻnikmalarini rivojlantirish. Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa, Oʻrta Osiyo  
bastakorlari va zamonaviy mumtoz asarlar asosida tuzilgan dasturni egallash. 

O'xshash dasturlar