Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Kiberxavfsizlik injiniringi
Dastur haqida
|
I. Fanning mazmuni: Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalari va neyron tarmoqlarining usul, model va algoritmik dasturiy vositalarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, sun’iy intelleckt tizimlarini qurishning zamonaviy usul va vositalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. “Sun’iy intellekt” faniga kirish Sun’iy intellekt nima? Sun’iy intellekt asoslari. Qo‘llanilish sohalari 2-mavzu. Sun’iy intellekt tarixi Sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari. 2001 yildan hozirgi kungacha – katta ma’lumotlar to‘plami bilan ishlash. 3-mavzu. Aqlli agentlar. Agentlar va muhitlar. Ratsionallik tushunchasi. Agentlarning tuzilishi 4-mavzu. Birinchi tartibli predikatlar mantig‘i. Ish muhitlarining xususiyatlari. Agent strukturasi. Agent dasturlar 5-mavzu. Sun’iy intellektda muammolarni hal qilish. Qidiruv algoritmlari orqali muammolarni hal qilish. Masalaning qo‘yilishi. Evristik qidiruv strategiyalari. 6-mavzu. Klassik qidiruvdan foydalanib yechimlarni topish. Qidirish algoritmlari va optimallashtirish muammolari. Nodeterministik harakatlar yordamida qidirish. Onlayn qidiruv agentlari va noma’lum muhitlar. 7-mavzu. O‘yinlar nazariyasi. O‘yinlarda optimal qarorlar. Qisman kuzatiladigan o‘yinlar. Zamonaviy o‘yin dasturlari 8-mavzu. Mantiqiy agentlar. Bilimga asoslangan agentlar. Mantiq. Taklif mantig‘i: sodda mantiq. Samarali taklif modelini tekshirish. Taklif mantig‘iga asoslangan agentlar. 9-mavzu. Birinchi darajali mantiq. Birinchi darajali mantiq sintaksisi va semantikasi. Birinchi darajali mantiqdan foydalanish 10-mavzu. Birinchi darajali mantiqda qaror qabul qilish. Birlashtirish va ko‘tarish amallari. To‘g‘ri zanjir algoritmi. Teskari zanjir algoritmi. 11-mavzu. Ifodalar mantiqlari. Mantiq tarifi. Tafakkur xususiyatlari. Mantiq termini. Mantiq qonunlari. 12-mavzu. Loyihalashtirish masalalari. Klassik rejalashtirish yondashuvlari va ko‘tarish amallari. Loyihalashda resurslar: vaqt va rejalashtirish. Loyihalashning boshqa ko‘rinishlari. 13-mavzu. Bilimlarni taqdim etish masalalari. Obyektlar va hodisalar. Aqlli obyektlar va hodisalar. 14-mavzu. Noaniq bilimlarning ta’rifi. Noaniqlik holatida ishlash. Ehtimollik ta’rifi. Bayes teoremasi va uning qo‘llanilishi. 15-mavzu. Ehtimollik holatida qaror qabul qilish. Noaniqlik holatida bilimlarni taqdim etish. Bayes to‘rlari. Qaror qabul qilishda Bayes to‘rlari, Markov modeli. Dinamik Bayes to‘rlari 16-mavzu. Sun’iy intellekt rivojlanishining istiqbollari. Mashina intellektual bo‘lishi mumkinmi? Mashina haqida fikrlay olishi mumkinmi? Sun’iy intellekt rivojlanishining etikasi va risklar. 17-mavzu. Sun’iy intellektning hozirgi holati va kelajagi. Noaniqlik holatida bilimlarni taqdim etish. Bayes to‘rlari. 18-mavzu. Ekspert tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish. Ekspert tizimlarining tasnifi. 19-mavzu. Bilimlarni ekspert tizimlarida ifodalash. Ekspert tizimlarini qurish vositalari. 20-mavzu. Mashinali o‘qitish turlari. Nazorat ostida bo‘lgan (supervised) va bo‘lmagan (Unsupervised) o‘qitish. Yarim nazorat ostida (semi-supervised) o‘qitish. Mustahkamlangan (Reinforcement) o‘qitish algoritmlari. Ko‘chirilgan (transfer) o‘qitish. Onlayn o‘qitish. Batch o‘qitish. 21-mavzu. Sun’iy neyron tarmoqlari. Biologik va sun’iy neyron tushunchasi. Neyron tarmoq tushunchasi. Neyronlar ustida mantiqiy amallar bajarish. Perceptron tushunchasi va vazifasi. Sun’iy neyron tarmoq ishlash prinsipini sxematik ifodalash. Umumiy rekursiya qoidasi (GPR) usuli. Sodda neyron tarmog‘ini qurish. Og‘irlik koeffitsientlari va ularni hisoblash. Neyron tarmoq sathlari. III. Amaliy mashg‘ulotlari buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1-mavzu. Maqsad va muammoni shakllantirish. Sun’iy intellekt asoslari. Qo‘llanilish sohalari 2-mavzu. Muammoning yechimini topish. Agentlar va muhitlar. Ratsionallik tushunchasi. Agentlarning tuzilishi. 3-mavzu. Sun’iy intellekt darajasini baholash (Tyuring testi). Tyuring testi, empirik test, uning g‘oyasi 4-mavzu. Intellektual agentlarni yaratish masalalari. Agentlar va muhitlar. Ratsionallik tushunchasi. Agentlarning tuzilishi. 5-mavzu. Mashinali o‘qitish: o‘qituvchi va o‘qituvchisiz (superviser, unsuperviser). Mashina haqiqatda fikrlay olishi mumkinmi? Sun’iy intellekt rivojlanishining etikasi va risklar 6-mavzu. Ma’lumotlarni oldindan qayta ishlash. Qidirish algoritmlari va optimallashtirish muammolari 7-mavzu. Mantiqiy klassifikatorlar. Ekspert tizimlarining tasnifi 8-mavzu. Regressorlar. Regressorlar turlari va qo‘llanilishiga misollar. Stoxastik regressorlar, endogen regressorlar 9-mavzu. Qarorlar daraxti asosida klassifikator yaratish. Qaror qabul qilishda Bayes to‘rlari, Markov modeli. Dinamik Bayes to‘rlari. 10-mavzu. Eviristik qidiruv. Qidiruv usullarini o‘rganish. Qidirish algoritmlari va optimallashtirish muammolari. Nodeterministik harakatlar yordamida qidirish 11-mavzu. O‘yinlarda qidiruv algoritmlarini qo‘llash. Qidiruv bir nechta asosiy variantlari va ular uchun har xil algoritmlar yaratish. Chiziqli qidiruvning ixtiyoriy funksiyalari. 12-mavzu. Minimax algoritmini o‘rganish. Qidiruv usullarini o‘rganish. O‘yinlarda qidiruv algoritmlarini qo‘llash. Minimax algoritmini o‘rganish. 13-mavzu. Mashinali o‘qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Python dasturiy muhiti bilan ishlash 14-mavzu. Mashinali o‘qitish uchun chiziqli algebra. Chiziqli algebra masalalarini dasturlash IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan - ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; - uy vazifalarini bajarish; - nazariy bilimlarni o‘zlashtirish; - tabaqalashtirilgan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish; - mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan mavzularini o‘zlashtirishdan iboratdir. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari; 2. Bilimlar tizimi. Bilimlarni namoyish qilish modellari; 3. Ekspert tizimi haqida tushuncha; 4. Mantiqiy dasturlash haqida umumiy ma’lumot; 5. Aqlli tizimlar. Ma’lumot va axborot o‘rtasidagi farq. Bilim xususiyatlari 6. Loop ni tashkil qilish: rekursiya; 7. Aqlli tizimlarning tuzilishi, loyihalash va funksiyalar; 8. Bilimlarni namoyish qilish modellari. Semantik tarmoqlar. Semantik tarmoqlarning afzalliklari va kamchiliklari; 9. Mashinali o‘qitishi va ma’lumotlarni intellektual tahlili. 10. Sun’iy neyron tarmoqlarining zamonaviy dasturiy vositalari. Matlab, C++, Python. 11. Sun’iy neyron tarmoqlari. 12. Neyron tarmoqlarni dasturlash metodologiyasi Mustaqil ish ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlardan berilgan vazifa bo‘yicha referat, mustaqil ish va taqdimot shaklida talabaning individual bajaradigan ishi hisoblanadi. |
|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakillanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar bilishi kerak:
|
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
|
|
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. |
|
Asosiy adabiyotlar
Qo‘shimcha adabiyotlar
Internet manbaalari |
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Axborot tizimlarini boshqarish
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Elektron biznes
35 356 800 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Diplomat University
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
20 000 000 so'm
yiliga