Dastur haqida
Dastur Arizona State University (ASU) W. P. Carey School of Business hamda The College of Liberal Arts and Sciences nufuzli dasturlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga turli tashkilotlarda keng ko‘lamli biznes ma’lumotlar tahlili tashabbuslarini ishlab chiqish, joriy etish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va amaliy tajribani taqdim etadi.
Ushbu kompleks dastur biznesda qo‘llashga yo‘naltirilgan holda ma’lumotlarni yig‘ish, tozalash, integratsiya qilish, modellashtirish va tahlil qilish bo‘yicha mustahkam bilim asosini shakllantiradi hamda O‘zbekiston va global bozor ehtiyojlariga mos keladi.
Asosiy ta’lim natijalari
-
Biznes va jamiyat muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqish
-
Strategik rejalashtirishda fanlararo bilimlarni qo‘llash
-
Turli auditoriyalar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini namoyish etish
-
Ma’lumotlar tahlili vositalari va usullarini puxta egallash
-
Biznes va ijtimoiy sohalarda ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish
-
Axloqiy yetakchilik va korporativ mas’uliyat tamoyillarini ilgari surish
Bitta diplom o‘rniga ikkita diplom: 3+1 dasturi
4 yil ichida ikkita bakalavr diplomini qo‘lga kiriting.
Data Science (Ma’lumotlar ilmi) dasturi Arizona State University (ASU) The College of Liberal Arts and Sciences bilan hamkorlikda 3+1 ikki diplomli ta’lim yo‘nalishini taklif etadi.
Talabalar dastlabki uch yilni AUTda o‘qiydi va so‘nggi yilni ASUda (onlayn yoki Arizona shtatidagi kampusda) tamomlaydi hamda atigi to‘rt yil ichida ikkita bakalavr diplomiga ega bo‘ladi.*
ASU kampusida o‘qish variantini tanlagan talabalar OPT (Optional Practical Training) dasturiga ariza topshirishlari mumkin. Bu tegishli talablarga javob beradigan bitiruvchilarga AQShda uch yilgacha qonuniy ravishda ishlash imkoniyatini beradi (dastur talablariga muvofiqligiga qarab).
Bitiruvda siz quyidagi diplomlarga ega bo‘lasiz:
Data Science (Ma’lumotlar ilmi) bo‘yicha bakalavr diplomi — AUT, O‘zbekiston
Data Science (Ma’lumotlar ilmi) bo‘yicha bakalavr diplomi — Arizona State University (ASU) The College of Liberal Arts and Sciences, AQSh
O'xshash dasturlar
Amerika texnologiyalar universiteti
Biznes va texnologiyalar
61 600 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Biznes boshqaruvi
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Biznes menejmenti
43 891 200 so'm
yiliga
Amerika texnologiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
61 600 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga