WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Stomatologiya

Bakalavr Kunduzgi 5 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Stomatologiya ta’lim yo‘nalishi – bu sog‘liqni saqlash tizimidagi muhim sohalardan biri bo‘lib, u inson salomatligini saqlash, tish va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini aniqlash, oldini olish hamda davolashga yo‘naltirilgan zamonaviy tibbiyot yo‘nalishidir. Mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar tibbiyotning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarni egallab, stomatologik muolajalarni bajarish, diagnostika, profilaktika va jarrohlik usullarini qo‘llash bo‘yicha malaka hosil qiladilar. Stomatologiya – tibbiyotning eng nufuzli va qadimiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda bu soha bo‘yicha malakali kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlanib kelinmoqda. Bugungi kunda stomatolog mutaxassislar nafaqat klinikalarda, balki ilmiy-tadqiqot muassasalari, ta’lim tizimi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritmoqdalar. Stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan har bir talaba kelajakda nafaqat shifokor, balki jamiyatda sog‘lom avlodni shakllantirishga hissa qo‘shuvchi mutaxassis sifatida o‘z o‘rnini topadi.

Oʼquv dastur maqsadi

Stomatologiya yo‘nalishida ta’lim jarayoni talabalarga diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda so‘nggi rusumdagi asbob-uskunalar bilan ishlashga qodir yuqori malakali yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdir.

Natija

Stomatologiya yo‘nalishida ta’lim 5 yillik bakalavriat dasturi asosida olib boriladi. O‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirgan bitiruvchilar “Umumiy amaliyot stamotolog shifokori” malakasiga ega bo‘lgan diplom bilan taqdirlanadilar. Ustoz-shogird tizimiga asoslangan holda olib boriladi. Natijada talabalarni amaliyot shakli shifokorning kasbiy faoliyatiga o‘xshash shaklda modellashtiriladi. O‘qishning birinchi kunidanoq talabalar amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni boshlaydilar, eng zamonaviy jihozlangan klinikalarida yetakchi mutaxassislar rahbarligida stomatolog ishi bilan tanishib boradilar, shuningdek, ustozlar kuzatuvi ostida bemorlarni mustaqil qabul qilishni o‘rganadilar.                          

 Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (Stamotologiyaga kirish. preklinik restarvatsion stamotologiya, tibbiy etika va deontologiyaodam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, va b.)
3-4 kurslarda talabalar klinikoldi va klinik fanlar (Terapevtik stomatologiya,ortopedik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi (amaliy kurs), patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya  va b.)
5-kurslarda talabalar mutaxassislik fanlari (Ortodontiya,gospital stomatologiya, gospital jarrohlik, gospital terapiya, akusherlik va ginekologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, psixiatriya, klinik farmakologiya, xirurgik kasalliklar, ichki kasalliklar va b.)dan tahsil oladilar.

Stamoptologiya taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

  • Odam anatomiyasi
  • Tibbiy kimyo
  • Tibbiy biologiya
  • Gistologiya
  • Normal fiziologiya
  • Biokimyo
  • Patologik anatomiya
  • Patologik fiziologiya
  • Farmakologiya
  • Stomatologiyada materialshunoslik
  • Terapevtik stomatologiya asoslari
  • Bolalar stomatologiyasi
  • Tibbiy psixologiya va boshqalar
  • Terapevtik stomatologiya
  • Ortopedik stomatologiya
  • Jarrohlik stomatologiyasi
  • Ortodontiya
  • Bolalar stomatologiyasi (amaliy kurs)
  • Klinik farmakologiya
  • Gospital stomatologiya
  • Tibbiy etika va deontologiya

asosiy e’tibor stomatologik kafedralarda ixtisoslashgan fanlarni, ya’ni terapevtik va ortopedik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi, jarrohlik stomatologiyasi va ortodontiyani chuqur  o‘qitishga qaratilgan. 

O'xshash dasturlar