Dastur haqida
Nomi: Dizayn (libos va gazlamalar)
Tavsif:
Dizayn (libos va gazlamalar) – dizayn sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, Respublika ixtisoslashgan dizayn maktabi, P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi, bolalar musiqa va san’at maktablari, kasb-hunar kollejlari, o‘rta ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, to‘qimachilik va yengil sanoati korxonalari, yengil sanoat institutlari, soha bo‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy ishlab chiqarish birlashmalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Siz 4 yil davomida “Dizayn (libos va gazlamalar)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Zamonaviy dizayn, libos yaratish, gazlama kompozitsiyasi, modellashtirish va badiiy loyihalash bo‘yicha zarur bilimlarni egallaysiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jami auditoriya soati: 6120 soat
Malakaviy amaliyot: 630 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 450 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1–7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyotlar |
19 |
4,6,8 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
7 |
1–7 |
|
|
Attestatsiyalar |
22 |
1–8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
43 |
1–8 |
|
|
GPA ko‘rsatgichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
|
Jami |
204 |
|
Qo‘shimcha izohlar:
1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga