WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Dizayn (interyer dizayni)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Каfedra tashkil etilgandan keyin kafedrani 2004 yilgacha dotsent B.A. Baymuxamedov raxbarlik qilgan, 2004-2015 yillarda dotsent M.R. Borodina, 2015-2016 yillarda arx.f.n., dotsent A.V. Vetlugina, dotsent Z.E. Matniyazov, hozirgi vaqtda dotsent  S.S. Elmurodov kafedraga mudirlik qilmoqda.

Ayni vaqtda kafedrada 1 ta akademik, 3 ta professor, 10 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 3 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion texnoligiyalarni joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda hamda ilmiy tadqiqot ishlarida namuna ko‘rsatib kelmoqdalar.
Kafedra texnika oliy o’quv yurtlarini va kasb-hunar kollejlarini "Dizayn asoslari”, "Loyihalash asoslari”, "Arxitekturaviy grafika”, "Landshaft dizayni”, "Interyer dizayni”, "Badiiy loyihalash”, "Dekorativ bog’dorchilik”, "Ergonomika”, "Kompyuterda loyihalash”, "Modellash va prototiplash”, "Taqdimotlar dizayni” fanlaridan zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlashda Respublikamizda yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklari hozirgi vaqtgacha"Dizayn” va “Arxitektura” mutaxassislik talabalari uchun asosiy o’quv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta “Prezident” stependiyanti, 10 tadan ortiq  “Fan olimpiadasi” va ko’plab xalqaro, respublika tanlovlari g’oliblari tayyorlanib kelmoqda.


Shu bilan birga yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulotlar olib borish yaxshi yo’lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o’quv uslubiy qo’llanmalar yaratish bilan birgalikda arxitektura muhuti dizayni sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar va xulosalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy anjumanlarda muhokama qilinib ilmiy maqolalari turli xil nufuzli xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilmoqda.

O'xshash dasturlar