WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Jizzax politexnika instituti

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Quyidagilar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

a) tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish va iqlim o‘zgarishi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

b) tabiatni muhofaza qilish, jumladan, atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda davlat ekologik nazoratini yuritish;

v) o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

g) gidrometeorologiya xizmatini tashkil etish, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringini yuritish;

d) tabiatni muhofaza qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirish, ekologik tarbiya, targ‘ibot, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil etish;

e) “yashil” o‘sish tamoyillarini joriy etish, atrof-muhitga zararli tashlanmalarni qisqartirish hamda inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish;

j) tabiatni muhofaza qilishga raqamli texnologiyalarni joriy etish, monitoring yuritishda inson omilini qisqartirish va avtomatlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

z) ekoturizm, ov va safari turizm sohasini yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari va milliy tabiat bog‘larining (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno) imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda tegishli infratuzilma obyektlarini yaratish, xorijiy va ichki sayyohlarga munosib shart-sharoit yaratish va ularga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

i) tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish uchun ta’sirchan choralarni qo‘llash;

k) atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;

l) amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning tabiatni muhofaza qilish standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish va qonuniy choralar ko‘rish;

m) yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;

n) o‘rmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qo‘riqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;

O'xshash dasturlar