WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar b o ‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. M agistratura dasturining m e’yoriy muddati 2 yil. Fan dasturlarining nazariy va amaliy m ashg‘ulotlarini to ‘liq o‘zlashtirgan, magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o ‘tgan talabaga “magistr” darajasi hamda oliy m a’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat (lar) - “Iqtisodchi” (tadqiqotchi, pedagog) kvalifikatsiyasi yozilgan “diplom” ilovasi bilan beriladi.

Umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.

Magistrlar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi o ‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o‘zlashtirish, amaliyotlarni o ‘tish ham da boshqa o‘quv m ashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi. Majburiy fanlar - magistrlar mutaxassisligi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar majmuasidir. Tanlov fanlari - magistrlar mutaxassisligi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita mutaxassisligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, magistrlarning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir. Magistrlar mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy amaliyot o‘tkaziladi: ilmiy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.

Kvalifikatsiya: “Iqtisodchi” (tadqiqotchi-pedagog).

O'xshash dasturlar