Dastur haqida
“Iqtisodiyot” magistratura mutaxassisligi zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Mehnat bozorida global o‘zgarishlar, raqamli iqtisodiyot va investitsiya jarayonlarining kengayishi bunday kadrlar ehtiyojini oshirmoqda. Dasturda talabalar iqtisodiy tahlil, strategik rejalashtirish, moliya va investitsiyalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. Ushbu tayyorgarlik ularga davlat boshqaruvi, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorning yuqori lavozimlarida samarali ishlash imkonini beradi.
Oʼquv dastur maqsadi
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Natija
2 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar iqtisodchi diplomiga ega boʻladilar.
Magistratura davrining oʻquv dasturi:
1-kursda magistrantlar asosan umumkasbiy va mutaxassislik fanlar (Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi, Mikroiqtisodiyot-2, Makroiqtisodiyot-2, Ekonometrika-2, Ishlab chiqarishni tashkil etish, va tanlov fanlari) o’qitiladi.
2-kursda talabalar mutaxassislikka oid tanlov fanlarini o’rganishadi.
Shuningdek, magistrantlar 1-2-kurslar davomida “Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti” hamda “Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash” bo’yicha tegishli vazifalarni bajarishadi.
Iqtisodiyot mutaxassisligi boʼyicha magistr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Davlat boshqaruvi organlari
Bank-moliya sektori
Soliq va bojxona tizimi
Sug‘urta kompaniyalari
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari
Konsalting va analitik kompaniyalarda
Birja va brokerlik kompaniyalarida
Xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlar
Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari
Tadbirkorlik faoliyati
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—