WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
University of Business and Science

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Iqtisodiyot bakalavriat dasturi zamonaviy iqtisodiyotni tahlil qila oladigan, moliyaviy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Dastur iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi, audit, bank ishi, soliqqa tortish, investitsiyalar hamda raqamli iqtisodiyot kabi fanlarni qamrab oladi.

Ta'lim jarayonida talabalar iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, biznes-rejalar ishlab chiqish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, bozorni o‘rganish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. O‘quv dasturi nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti va real biznes loyihalari bilan uyg‘unlashtiradi.

Bitiruvchilar davlat va xususiy korxonalar, banklar, moliya institutlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya va konsalting tashkilotlari, soliq organlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bilim va kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.

Bitiruvchilarning faoliyat yo‘nalishlari:

  • Korxona va tashkilotlarda iqtisodchi;
  • Iqtisodiy tahlilchi;
  • Menejer va biznes boshqaruvi mutaxassisi;
  • Soliq va soliqqa tortish bo‘yicha mutaxassis;
  • Buxgalter va auditor;
  • Moliya mutaxassisi;
  • Bank xodimi;
  • Sug‘urta sohasi mutaxassisi;
  • Investitsiya va konsalting kompaniyalari mutaxassisi;
  • Tadbirkor va biznes egasi.

O'xshash dasturlar