WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qoʻqon universiteti

Iqtisodiyot (taraqqiyot iqtisodiyoti)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Iqtisodiyot yo'nalishi talabalarda zamonaviy iqtisodiy nazariya, tahlil va boshqaruv sohalarida chuqur va tizimli bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.

 

Dastur davomida talabalar mikro- va makroiqtisodiyot asoslarini, statistik va iqtisodiy tahlil usullarini, moliya, marketing va menejment fanlarini puxta o'zlashtiradilar, shuningdek iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

 

Ta'lim jarayonida zamonaviy o'qitish metodlari, amaliy mashg'ulotlar, kейs-stadilar va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan yondashuvlar qo'llaniladi.

 

Bitiruvchilar davlat va xususiy korxonalarda iqtisodchi, moliyaviy tahlilchi, marketing mutaxassisi, shuningdek banklar, soliq va moliya tashkilotlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'xshash dasturlar