WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil Qo'shma dastur

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi

70410102 – Iqtisodiyot magistratura mutaxassisligi iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, makro va mikroiqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mutaxassislik iqtisodiyotning turli tarmoqlarida boshqaruv, tahlil va tadqiqot faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.

Tarkib va o‘quv rejasi

Ta’lim jarayonida magistrantlar:

  • Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar;
  • Makroiqtisodiy tahlil;
  • Mikroiqtisodiy tahlil;
  • Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish;
  • Raqamli iqtisodiyot;
  • Investitsiyalar va innovatsiyalar iqtisodiyoti;
  • Ekonometrika;
  • Iqtisodiy prognozlash;
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
  • Akademik yozuv;
  • Ilmiy-pedagogik faoliyat

yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

Dasturni o‘rganish natijalari

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan magistr:

  • iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash;
  • iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
  • statistik va ekonometrik usullar asosida tadqiqotlar olib borish;
  • investitsion va innovatsion loyihalarni baholash;
  • iqtisodiy qarorlar samaradorligini aniqlash;
  • oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish

ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Karyera imkoniyatlari

Mutaxassislik bitiruvchilari:

  • iqtisodchi-tahlilchi;
  • iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert;
  • davlat va xususiy tashkilotlar iqtisodchisi;
  • investitsiya va loyiha menejeri;
  • konsalting kompaniyalari mutaxassisi;
  • oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisi;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari xodimi

sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar