WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qoʻqon universiteti

Iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Iqtisodiyot yo'nalishi (magistratura) talabalarda iqtisodiy nazariya, chuqur tahlil va strategik boshqaruv sohasida yuqori malakali, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan.

 

Dastur davomida magistrantlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalar, ekonometrik tahlil usullari, strategik moliyaviy boshqaruv, iqtisodiy siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo'yicha chuqur bilimlarni egallaydilar, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, iqtisodiy modellashtirish va prognozlash bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

 

Ta'lim jarayonida zamonaviy o'qitish metodlari, ilmiy seminarlar, amaliy tadqiqotlar va xalqaro tajribadan foydalanishga asoslangan yondashuvlar qo'llaniladi. Dastur yakunida magistrantlar ilmiy-tadqiqot ishi (dissertatsiya) himoya qilishlari talab etiladi.

 

Bitiruvchilar davlat boshqaruvi organlarida, yirik korxonalarda iqtisodiy tahlilchi va menejer, oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchi va ilmiy xodim, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'xshash dasturlar