WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Diplomat University

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

  

60410100 – Iqtisodiyot

Akademik daraja - BAKALAVR

O‘qish shakli - kredit-modul tizimi

Ta’lim shakli - kunduzgi

O‘qish muddati - 4 yil

 

1. Nimalarni o‘rganasiz?

Mazkur dastur talabalarni iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunuvchi, bozor o‘zgarishlarini prognoz qila oladigan va raqamlar tilida so‘zlashuvchi kuchli tahlilchi etib tayyorlashga qaratilgan:

  • Fundamental iqtisodiyot: Mikro va makroiqtisodiyot qonuniyatlari, bozor mexanizmlari, narx shakllanishi, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish drayverlarini chuqur o‘rganish.
  • Ma’lumotlar tahlili va ekonometrika: Katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, iqtisodiy-matematik modellarni qurish va kelajakdagi iqtisodiy trendlarni prognoz qilish.
  • Moliya va hisob: Korporativ moliya boshqaruvi, investitsion loyihalarni baholash, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi, soliqlar va audit tizimi.
  • Biznes va strategik menejment: Biznes-rejalar ishlab chiqish, risklarni boshqarish, resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish strategiyalari.
  • Raqamli iqtisodiyot: Zamonaviy FinTech (moliyaviy texnologiyalar), elektron tijorat, sun’iy intellektning biznesdagi o‘rni va raqamli bozor iqtisodiyoti.

2. Nega aynan ushbu dastur?

Kuchli iqtisodchilar - har qanday tashkilot, kompaniya yoki davlatning “yuragi” hisoblanadi. Dastur bitiruvchilari o'zgaruvchan bozor sharoitida yuqori qiymatga ega mutaxassislarga aylanadilar:

  • Universal va barqaror talab: Har qanday soha (qurilish, ta’lim, IT, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi) iqtisodchi va moliyaviy tahlilchilarga doimiy ehtiyoj sezadi. Bitiruvchilar cheklangan soha bilan qolib ketmaydi.
  • Nufuzli va yuqori daromadli karyera: Davlat iqtisodiyot idoralari (Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Markaziy bank), tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, OTB) hamda “Katta to‘rtlik” (Big Four) xalqaro audit kompaniyalarida ishlash imkoniyati.
  • O‘z biznesini boshlash uchun poydevor: Dastur nafaqat yollanma xodim, balki shaxsiy startaplarini yaratish, moliyaviy mustaqillikka erishish va biznes jarayonlarini professional tarzda boshqarish uchun eng kuchli bazani beradi.

3. O‘qish usuli

O‘quv jarayoni quruq yodlashdan qochib, to‘liq kredit-modul tizimi asosida amaliyot va loyihaviy yondashuv (Problem-based learning) orqali olib boriladi:

  • Keys-stadilar (Case-study): Nufuzli biznes maktablari (Garvard, Oksford) tajribasi asosida haqiqiy kompaniyalarning moliyaviy inqirozlari yoki muvaffaqiyat hikoyalari amaliy darslarda tahlil qilinadi.
  • Zamonaviy dasturlarda ishlash: Talabalar Excel’ning murakkab funksiyalari, buxgalteriya dasturlari (1C), statistik tahlil (SPSS, R, Python) va ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish (Power BI) kabi zamonaviy dasturiy vositalarda ishlashni o‘rganadilar.
  • Loyiha va tadqiqotlar: Talabalar bozor tadqiqotlari o‘tkazib, real investitsion loyihalar ishlab chiqadilar va o‘z biznes-rejalarini himoya qiladilar.
  • Amaliyotchi ekspertlar: Darslarga nazariyotchi professorlardan tashqari muvaffaqiyatli tadbirkorlar, yetakchi bankirlar, iqtisodchi ekspertlar doimiy ravishda master-klasslar o‘tish uchun taklif etiladi.
  • Haqiqiy ish muhiti (Internships): O‘qish davomida yetakchi kompaniyalar, bank va moliya tashkilotlarida ish o‘rganish amaliyotlari (amaliy tajriba orttirish) tashkil etiladi.

 

Talabalar bir o‘quv yili uhun 60 ECTS kredit o‘rganadi. Ta’lim dasturlari ish beruvchilarning fikr mulohazalariga asosan ishlab chiqilgan. Bu esa ta’limning dolzarbligi va zamon talablariga maosligini ta’minlaydi.

 

 

O'xshash dasturlar