Dastur haqida
| 70310901 ─ Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil. 70310901 ─ Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ─ Ijtimoiy va xulk ─ atvorga mansub fanlar ta’lim sohasi mutaxassisligi bo‘lib, barcha ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitishda, O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, ma’naviyat va ma’rifat markazlarida; jamoat xavfsizligini ta’minlashda; «Mahalla va oila» ilmiy ─ tadqiqot institutida psixologik izlanishlarida; jamoat xavfsizligini ta’minlash muassasalarida; davlat va maxalliy boshqaruvi organlarida; har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida psixologik masalalar yuzasida faoliyat olib borishda; o‘quvchilarni kasb ─ hunarga yo‘naltirish va psixologik ─ pedagogik tashxisdan o‘tkazishda faoliyat turlariga ko‘ra psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi. 70310901 ─ Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7 ─ malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi: ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatida, tashkiliy ─ boshqaruv faoliyatida, ma’naviy ─ ma’rifiy faoliyatida, loyihaviy faoliyatda, turli xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida kasbiy vazifalarni bajarishi mumkin. |
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Psixologiya
62 937 500 so'm
yiliga
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Psixologiya
15 000 000 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Psixologiya
14 400 040 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Ijtimoiy ish
9 054 150 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologiya. Inson va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar psixologiyasi
24 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Psixologiya (amaliy psixologiya)
16 000 000 so'm
yiliga