WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70811101 – Dorivor o‘simliklarni yetishtrish va qayta ishlash texnologiyasi magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi

70811101- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari hamda farmasevtik korxonalar, jumladan, “SHANAZ” MCHJ, “RADIKS” MCHJ, “ZUMA-PHARMA” MCHJ, “Dentafill”, O‘R Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i bilan o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar davomida dorivor o‘simliklarning hujayra, to‘qima va organlari (vegetativ, generativ) tuzilishi, fiziologik funksiyalari, tarqalish areali, sistematik o‘rni, chegaralanish tamoyillari, hamda o‘simliklar tarkibidagi ikkilamchi metabolitlar, ularning biosintezi, klassifikatsiyasi, yetishtirish, yig‘ish, quritish, qayta ishlash (standartlashtirish, sertifikatlash), faol qo‘shimchalar  hom ashyosi bazasini shakllantirishning zamonaviy jihozlardan foydalangan holda ishlab chiqarishga yo‘naltirish bo‘yicha profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani hosil qilishdan iborat.

O'xshash dasturlar