Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Dastur haqida
|
Fan maqsadi (FM) |
|
|
Talabalarga xalqaro moliyaviy tizim, uning tuzilishi, asosiy ishtirokchilari va funksiyalari haqida nazariy bilim berish. Xalqaro valyuta bozori, valyuta kurslarining shakllanishi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri haqida tushuncha berish. Xalqaro moliyalashtirish manbalari, xorijiy investitsiyalar va xalqaro kapital bozorlarida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Xalqaro savdo va moliyaviy operatsiyalarning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini o‘rgatish. Xalqaro moliyaviy bozorlar va operatsiyalar bilan bog‘liq moliyaviy risklarni aniqlash, baholash va boshqarish usullarini tushuntirish. Milliy va xalqaro darajadagi moliyaviy siyosatning iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka ta’sirini tahlil qilish. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlarning faoliyati va ularning global iqtisodiyotdagi o‘rnini tushunish. Valyuta kurslarining o‘zgarishi va ular bilan bog‘liq risklarni boshqarish strategiyalarini o‘rgatish. Global moliyaviy tizimning milliy iqtisodiyotga integratsiyasi jarayonlarini tushuntirish. Xalqaro moliyaviy operatsiyalarda zamonaviy texnologiyalar, masalan, blokcheyn, kriptovalyutalar va elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni tushuntirish. |
|
|
Fan vazifasi (FV) |
|
|
Talabalarga xalqaro moliyaviy tizimning tuzilishi, tamoyillari va asosiy elementlarini tushuntirish. Xalqaro valyuta bozori va valyuta kurslarining shakllanish mexanizmlarini o‘rgatish. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari va valyuta risklarini boshqarish usullarini tushuntirish. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF), Jahon banki, Yevropa Markaziy banki kabi tashkilotlarning faoliyati va global iqtisodiyotdagi rolini tushuntirish. Xalqaro kapital bozorlarining ishlash tamoyillari, moliyaviy vositalar va ularning korporativ va davlat darajasidagi o‘rnini tushuntirish. Talabalarda xalqaro moliya bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, global moliyaviy tizimni tahlil qilish va unda samarali faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarni rivojlantirish. |
|
|
Ta’lim natijalari (TN) |
|
|
Bilimlar jihatidan: |
|
|
Global moliyaviy siyosat, ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri va ularni boshqarish tamoyillarini tushuntirish. Blokcheyn, kriptovalyutalar, elektron to‘lov tizimlari va boshqa zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning xalqaro moliyadagi o‘rni to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. |
|
|
Xalqaro moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish usullarini tushuntirish. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq risklarni aniqlash, baholash va minimallashtirish bo‘yicha bilimga eda bo‘ladi. |
|
|
Talabalarga xalqaro moliya sohasida nazariy va amaliy bilim berish, global moliyaviy jarayonlarni tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish hamda xalqaro moliyaviy bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish. |
|
|
Ko‘nikmalar jihatidan: |
|
|
Rivojlanib borayotgan iqtisodiy tizimlar, ularning sabablari hamda natijalari to‘g‘risida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish |
|
|
Zamonaviy iqtisodiyot hamda ular ortidan keladigan natijalarga nisbatan o‘zining mustaqil fikr va qarashlariga ega bo‘lishi |
|
|
Moliya tuzimida, shuningdek tarmoqlar bo‘yicha yakunda professional kadrlar bo‘lib yetishish |
|
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga