WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
University of Business and Science

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Dastur haqida umumiy ma'lumot

Moliya va moliyaviy texnologiyalar "Biznes va boshqaruv" ta'lim sohasiga tegishli yo‘nalish bo‘lib, bu "Biznes, boshqaruv va huquq" bilimlar sohasiga kiradi. U davlat moliyasi, iqtisodiy sub'ektlar moliyasi, oilaviy moliya, davlat byudjeti, byudjet moliyalashtirish, moliya bozori operatsiyalari, moliyaviy xavf boshqaruvi, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, xolding kompaniyalari moliyasi, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar moliyasi, qo‘shma korxonalar moliyasi, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatni tashkil etish, o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish va korporativ tuzilmalar moliyasiga oid resurslarni boshqarish bilan bog‘liq masalalar to‘plamini qamrab oladi.


Dastur tugagandan so‘ng ishlash mumkin bo‘lgan sohalar:

— Banklar, moliya va sug‘urta kompaniyalari;

— Auditing va hisob-kitob kompaniyalari;

— Moliyaviy va biznes maslahat kompaniyalari;

— Davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari.

O'xshash dasturlar