WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’limi dasturi

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” sohasidagi “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha rangtasvir, qalamtasvir, dastgohlik rangtasvir, tasviriy san’at tarxi, tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o’qitish metodikasi, kompyuter grafikasi, 3D modellashtirish fanlari bo’yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Pedagogik kasblaridan biri bo‘lgan “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi hozirgi davrda eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 3 yil davomida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

  1. Majburiy fanlar: 4020 soat 

  2. Tanlov fanlar: 600 soat

  3. Malakaviy amaliyot: 780 soat 

Jami: 5 400 soat

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar