WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

70722601-Geodeziya va geoinformatika magistratura mutaxassisligi – ushbu mutaxassislik fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohasi hisoblanadi. Oʼz ichiga Yer resurslaridan oqilona foydalanish; uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish, yer monitoringi, geodeziya, kartografiya, topografiya va geoinformatika soxasi, sunʼiy yoʼldosh tizimi, aerokosmik suratga olish, yerlarni masofadan zondlash, kartografik monitoringni amalga oshirish; davlat kadastrini tizimini yuritish; Geodeziya, kartografiya va geoinformatika faoliyatini yuritish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining yer resusrlari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, zamonaviy geodezik va kartografik asboblar, raqamli va kosmik suratlar, fazoviy maʼlumotlar bazasi, rastrli va vektorli maʼlumotlar, geoinformatika loyihalari, yuqori aniqlikdagi geodezik-kartografik asbob-uskunalar, geografik axborot tizimi obʼektlarida ilmiy-tadqiqot, tashkiliy boshqaruv, loyihaviy konstruktorlik, texnologik, Geodeziya, kartografiya va geoinformatika sohasi boʼyicha bosh mutaxassis, yer tuzuvchi, geodezist, kadastr inspektori, kartograf, topograf, uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori, toponomika, texnik, muhandis, roʼyxatga oluvchi kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.

O'xshash dasturlar