WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Geografiya

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70530402 ─ Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
70530402 ─ Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) Oliy, malaka oshirish, va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida mutaxassislikka doir fanlarni o‘qitish;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, davlat boshqaruv organlari, bandlik va mehnat munosabatlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, davlat statistika boshqarmasi va uning bo‘limlari, shuningdek, har xil shakldagi mulk va biznes tashkilotlari, tabiatdan foydalanish, geografiya.
Mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
70530402 ─ Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
 ─ fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tekshirish institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ─ tadqiqot bo‘limlari;
 ─ mos kasb ─ hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
 ─ ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari;
 ─ qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari’
 ─ davlat statistika qo‘mitasi bo‘limlari;
 ─ ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar;
 ─ turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari;
 ─ tashkiliy ─ boshqaruv obyektlari;
 ─ tabiiy resurslarni baholash va ulardan foydalanish jarayonlari;
 ─ me’yoriy ─ huquqiy hujjatlar.
Mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat obyektlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

O'xshash dasturlar