WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Geologiya fanlari universiteti

Geologiya

Bakalavr Masofaviy 4 yil

Dastur haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi 93-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi Geologiya fanlari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-154-son qarori 1-ilovasi 2-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) bilan Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida “60530500 “Geologiya (faoliya sohasi bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikki diplomli “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi joriy qilish to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bitimga muvofiq talabalar 1- va 2-kurslarda Geologiya fanlari universitetida, 3- va 4-kurslarda Moskva davlat universitetida tahsil olishi belgilangan. Natijada talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng ikkita universitetning diplomiga ega bo‘lishi kelishilgan.

GFU-MDU qo‘shma ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 421-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

O'xshash dasturlar