WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Oliy hamshiralik ishi

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Grant mavjud

Dastur haqida

60911200 - “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘na1ishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish kredit modul tiziıni asosida tashkil qilinadi.

O‘quv reja va modul dasturini o‘zlashtirishning me’yoriy muddati - 3 yil

60911200 – “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – “Oliy xamshiralik                ishi                      mutaxassisi”   —        oliy       ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o‘rtasida, o‘tkir va surunkali kasalliklarning tarqalishini oldini olish, sog‘lom  turmush tarzini targ‘ibot qilish, zamonaviy usullardan keng foydalangan  holda bemorlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha asosiy muammolarni hal qilib, sog‘liqni saxlash  tizimining birlamchi bo‘g‘im vazifalarni bajarish bo‘yicha kompleks masalalar majmuasini olib borish  uchun yetarli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bilishi talab  etiladi.

“Oliy   xamshiralik     ishi” mutaxassisi   axolining         sog‘liqni saqlash sohasida o‘z kasbiy faoliyatini Sog‘liqni i Saqlash vazirligining tibbiy-profillaktika muasasaarining tegishli yo‘nalish bo‘g‘inlarida olib boradi: qishloq vrachlik punktlari, shaxar vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va filiallari, tez tibbiy yordam stansiyalari va x.q.

 

Oliy xamshiralik ishi mutaxassisi o‘z faoliyatini quyidagi asosiy ixtisosliklarda amalga oshiradi:

 

  1. Anesteziologiya va reanimatsiya
  2. Xirurgiya
  3. Akusherlik
  4. Hamshiralik ishi menejmenti

O'xshash dasturlar