WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Tarix

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

1.2.1. 60111100-Tarix ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavrlar faoliyatining sohalari:

- umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda tarix fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

-o'rta maxsus va professional ta'limda tarix fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

- O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;

-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60111100-Tarix ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

- davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

60111100-Tarix ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida tarix fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, tarix muammolari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.

 

 

O'xshash dasturlar