WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Axborot xavfsizligi (kompyuter tizimlari xavfsizligi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
• oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
• Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etish;
• axborotni kriptografik va texnik himoyalash vositalar, axborot tizimlarining xavfsizligi, kompyuter xavfsizligi, avtomatlashtirilgan tizimlar xavfsizligi, axborotni himoyalashning zamonaviy usullari va texnologiyalari;
• axborot texnologiyalari tarmog‘i bo‘yicha tarqalgan ob’ektlarning (tizimlar, tizim ob’ekt, ob’ekt tarkibi) axborot xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari;
• axborot xavfsizligi ob’ektlari, jumladan, kompyuter, avtomatlashgan, telekommunikatsiyalar, axborot sohasi va tadqiq mavjud bo‘lgan vaziyatda axborot zaxiralari va axborot texnologiyalari;
• axborot xavfsizligidan ob’ektlarini himoya qilish chora-tadbirlarini boshqarish.
Axborot xavfsizligi (kompyuter tizimlari xavfsizligi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari
• Ilmiy-tadqiqot;
• Ishlab chiqarish;
• Tashkiliy-boshqaruv;
• Loyiha qilish;
• Ta’lim va ta’lim jarayonini tashkil etish;
• Profilaktik tadbirlar.
 

O'xshash dasturlar