WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Axborot xavfsizligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

I. Fanning mazmuni

Fanni o’qitishdan maqsad - Algoritmlarni loyihalash fani talabalarda dasturlash bo‘yicha ixtiyoriy masalani yechish uchun zarur bo‘lgan algoritmik fikrlash, effektiv algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga asos bo‘ladi. Fanning nazariy konsepsiyalari asosan o‘rganiladigan barcha konsepsiyalarga erishish uchun sekin-asta murakkablashib boradigan mashq va masalalarni bajarish orqali o‘rganiladi.

Fanning vazifasi – Algoritm tuzish prinsiplarini tahlil qilish,  algoritmni loyihalash usullarini yetarlicha o‘zlashtirishlarini ta’minlash va amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish, algoritmlash usullarini amaliy masalalarni hal qilishga tatbiq etish, algoritmlarning sifatini oshirish, ixchamlash yo‘llari va uslublarini o‘rni va ahamiyatini ochib berish.

II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu. Algoritmlarni loyihalashga kirish.

Algoritmlarni vaqt va hajm bo‘yicha baholash. Ko‘phadlar qiymatlarini hisoblashda Gorner sxemasi.

2-mavzu. Chiziqli algoritmlar.

Sikllar. Integrallarni taqribiy hisoblash usullari, samaradorligi. Matritsalarni ko‘paytirish. Determinantni hisoblash

3-mavzu. Tarmoqlanuvchi algoritmlar.

Algebraik va transcendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari. Samaradorligini baholash. Iteratsion sikllar

4-mavzu. Vatarlar, Nyuton.

Oddiy itaratsiya algoritmlari, dasturlari

5-mavzu. O‘yinlar nazariyasi.

6-mavzu. Statistik modellashtirishda eng kichik kvadratlar usuli.

Dinamik dasturlash

III. Amaliy mashgʻulotlari bo'yicha koʻrsatma va tavsiyalar

Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1. Algoritmlarni loyihalash. Algoritm korrekt va samaradorligini baholash.

2 Algebraik va transsendent tenglamalarni yechishda oraliqni teng ikkiga bo‘lish, iteratsiya usullari.

3. Chiziqli dasturlash masalasi. Masalaning matematik modeli, iqtisodiy tahlili.

4. Jadval funksiyani Fur’e qatoriga yoyish. Fur’e koeffisientlarini hisoblash.

5. Bog‘langan graflarda marshrutlar, ularni narxi (masofasi) bo‘yicha baholash.

IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar

Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1. Algoritm murakkabligini statik va dinamik o‘lchovlari. Vaqt va xotira hajmi bo‘yicha qiyinchiliklar.

2. Algoritmlarni eng yomon va o‘rtacha holatlarda baholash.

3. Algoritmlarni vaqt va hajmiy murakkabligini baxolashda tekis va logorifmik solishtirma mezonlar.

4. Ketma-ketliklar, to‘plamlar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari.

5. Taqribiy integrallash usullari aniqligi va hisoblash hajmi bo‘yicha taqqoslash.

6. Algebraik va transgendent tenglamalarni taqribiy yechish usullarini yaqinlashish tezligi bo‘yicha baholash.

7. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemalarini taqribiy yechish usullari. Yaqinlashish shartlari.

8. Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko‘rinishi. Simpleks usul.

9. Raqamli axborotlarni qayta ishlashda Fure usuli. Spektral tahlil.

10. Statistik axborotlarni qayta ishlashda va prognoz masalalarida dinamik dasturlash usullari.

11. Graflarni eniga va bo‘yiga aylanishi (tekshirish).

12. Graflarni eng arzon tayanch daraxtini qurishda Kruskal xasis algoritmi.

13. Prima - Deykstra algoritmi. Uni vaqt bo‘yicha baxolash.

14. Ajrat va hukmronlik qil” tilidagi algoritmlar.

15. P va NP sinflar, NP- to‘liq masalalar tushunchasi.

16. Algoritmlarni baholash mezonlari. Vaqt va hajm bo‘yicha baholashga misollar.

17. Integrallarni taqribiy hisoblashda Nyuton-Kotes formulalari. G‘oyasi va xatolik tartibi.

18. Integrallarni taqribiy hisoblashda Gauss formulalari. G‘oyasi va xatolik tartibi. Samaradorligi.

19. To‘plamlarda qisqartima akslantirishlar. Ularga va amaliy tadbiqlarga misollar.

20. Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda oraliqni teng ikkiga bo‘lish va vatarlar usullarini samaradorlik bo‘yicha taqqoslash.

21. Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda vatarlar va Nyuton  usullarini samaradorlik bo‘yicha taqqoslash.

22. Algebraik va transtendent tenglamalarni taqribiy yechishda oddiy itaratsiya usuli va uning samarali variantlarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar.

23. Matrisa normasi va uning aniqlash usullari.

24. Chiziqli algebraic tenglamalar sistemasini yechishda oddiy iterasiya va Zeydel usullari, ularning yaqinlashish shartlari.

25. Chiziqli dasturlash masalalari uchun tayanch yechim tushunchasi, ularni aniqlash usullari.

V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • dasturlashning turli muhitlarida ishlash, murakkab dasturiy ta’minotlarni yaratish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
  • algoritm turlari, ma’lumotlarni qidirish, saralash, xeshlashtirish algoritm va usullarini bilishi va ularni qo‘llashi kerak hamda algoritmlarni loyihalash va ular ustida amal bajarishda dasturiy amalga oshirish bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • masalaning qo‘yilishiga qarab yangi algoritmlarni loyihalash, ishlab chiqish hamda o‘quv va ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

VI. Taʼlim texnologiyalari va metodlari:

  • maʻruzalar;
  • amaliy ishlarni bajarish va xulosalash;
  • interfaol keys-stadilar;
  • blist-so‘rov;
  • guruhlarda ishlash;
  • taqdimotlarni tayyorlash;
  • jamoa bilan ishlash va himoya qilish uchun loyihalash.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻliq oʻzlashtirish, tahlil natijalarini toʻgʻri aks ettira olish, oʻrganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat ishini topshirish.

Asosiy adabiyotlar

  1. Томас Кормен, Чарльс Лейзерсон, Рональд Ривес, Клиффорд Штайн. Алгоритмы: построение и анализ. Москва-Санк-Петербург-Киев. 2013.
  2. Levetan Anany. Introduction to the design & analisis of  algorithms. 3rd ed. Villanova university. New Jersey. 2012. 693 page.
  3. Ding-Zhu Du, Ker-I Ko. Design and Analysis of Approximation Algorithms. Springer New York Dordrecht Heidelberg London. 2012, 453 page.
  4. M.H.Alsuwaiyel. Algorithms Design Techniques and Analysis, New Jersey. World Scientific, 2016. 571 page.

Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel. 31 bet. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)
  2. Horton I.-Beginning Visual C++ 2012/ I. Horton. Published imultaneously in Canada.-2016.-P.988.
  3. Mirzayev A.N., Asadov Q.U. “Sonli usullar va dasturlash, modellashtirish” fanidan laboratoriya topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. 2019.
  4. “Mirzayev A.N., Abduraxmanova Yu.M. “Sonli usullar va dasturlash” fanidan ma’ruzalar matni. “Aloqachi”, 2015.
  5. Хайдарова М.Ю., Маллаев О.У., Абдуллаева З.Ш., Сатаров А.Б. Методическое пособие для выполнения лабораторных работ по предмету «Программирование на C++» (1 часть) ТУИТ, Ташкент 2017 г. 145 стр.
  6. M.O‘.Ashurov, Sh.A.Sattarova, Sh.U.Usmonqulov. Algoritmlar. -T.: «Fan va texnologiya», 2018, 244 bet.

Internet manbaalar

  1. www.ziyonet.uz
  2. http//www.intencia.ru
  3. http//www.ido.rudn.ru.
  4. http//www.filam.ru/sait.phg
  5. http//www.phenomen.ru

O'xshash dasturlar