Dastur haqida
Ushbu ta’lim dasturi “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni berishga qaratilgan bo‘lib, bugungi raqamli dunyoda eng muhim va talab yuqori sohalardan biri hisoblanadi. Axborot resurslarini himoyalash, ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlash — har bir tashkilotning barqaror faoliyatida hal qiluvchi omildir. Shu sababli yuqori malakali axborot xavfsizligi mutaxassislariga ehtiyoj doimiy ravishda ortib bormoqda.
4 yil davomida siz kiber tahdidlardan himoyalanishning nazariy asoslari, tarmoq va tizim xavfsizligi, kriptografiya, xavfsizlik siyosatlarini ishlab chiqish, zararli dasturlar tahlili, xavfsizlik auditlari va xavf-xatarlarni boshqarish kabi zamonaviy fan va modullarni chuqur o‘rganasiz. Shuningdek, amaliy laboratoriyalar, real holatlar asosidagi topshiriqlar va tajribaviy loyihalar orqali axborot tizimlarining himoya darajasini mustahkamlash bo‘yicha real ko‘nikmalarni shakllantirasiz. Biz bilan tahsil olib, siz axborot xavfsizligini ta’minlay oladigan, texnologik jarayonlarni chuqur tushunadigan va har qanday tashkilot uchun muhim bo‘lgan mutaxassisga aylanasiz. Bu yo‘nalish sizga kelajak kasblaridan birida barqaror va istiqbolli martaba qurish imkonini beradi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6300 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
15 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
57 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
7 |
1 – 7 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
- ma’lumot rus va ingliz tillarida tayyorlanishi kerak
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Axborot tizimlarini boshqarish
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Elektron biznes
35 356 800 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Diplomat University
Axborot tizimlari va texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Sun'iy intellekt
20 000 000 so'm
yiliga