WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malak ramkasining 6-malak darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriyat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim.
Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida:
 Kasbiy faoliyat obyektlari yo‘nalishiga mos tarzda ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzulari bo‘yicha modellar, algoritmlar, metodlar, dasturiy yechimlar va instrumental vositalar bo‘yicha izlanish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
 Ilmiy-tadqiqot institutlari va iliy markazlarda sohaga oida mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etish;
 Internet tarmog‘ida sohaga oid eng yangi ilmiy yutuqlar, texnologiyalar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish;
 Kompyuter texnologiyalari va informatikaga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy tadqiqot yutuqlarini o‘rganish;
 Ksbiy faoliyat obyekti yo‘alishiga mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy tadqiqot loyihalarini o‘rganish;
 Ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda eksperemental tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalariga ishlov berish, baholash va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarishda qatnashish;
 Ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
 Tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tadbiq eishda qatnashish;
 Mavzu(topshiriq) bo‘yicha ilmiy, texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
 Ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (tayyorlanganlik profiliga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechishda ishtirok etish.

O'xshash dasturlar