WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Logistika

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

71010401 - Logistika

Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Mutaxassislik: Logistika
 

ECTS kreditlari: 120

Qisqacha tavsif:

Dasturning maqsadi – bаrсhа ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fаnlаr akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, nodavlat vа notijorat tashkilotlari, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari, kichik biznes vа xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida logistika xizmatini ko‘rsatish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan.

Amaliyot: Magistratura talabalari 2-kursning 4-semestrida 5 hafta davomida (5 kredit) mahalliy davlat va xususiy sektor korxonalari, kompaniya va tashkilotlarida ilmiy amaliyot (stajirovka)ni o‘taydi.

Karyera istiqbollari:

Logistika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bitiruvchilar oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, oliy ta’lim tashkilotlarida ixtisoslik fanlarini o‘qitish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, nodavlat vа notijorat tashkilotlarda logistika faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish hamda ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur tayanch doktorantura (PhD) va keyinchalik doktorantura (DSc) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar