WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Nomi: Texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissyorligi)

Tavsif:

Fanning vazifasi. Musiqiy ovoz rejissorligi san’atining rivojlanish bosqichlari. Tovush, uning fizik tafsilotlari.

Fanni o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar ovoz rejissorligining turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Ushbu fan bo‘yisha talabalar mukammal ravishda musiqiy ovoz rejissorligi san’atining tarixiy taraqqiyot jarayoni, klassik musiqa san’atning turli janr va shakllaridagi asarlarning ovoz yozuvlari, ularning tenglashtirish jarayonlari hamda urlarini tahlil qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarni namoyish etishlari zarur.

Siz 4 yil davomida Texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissyorligi)ning  nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240  kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:

Jami auditoriya soati: 240 soat

Malakaviy amaliyot: 240 soat

Bitiruv malakaviy ish: 25 soat

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

120

1-8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi

Malakaviy amaliyot

13

2-4-6-8

Attestatsiyalar

22

1-8

Bitiruv malakaviy ishi

5

8

Kredit tizimiga kirish

4

1-3-5-7

Ta’til

40

1-8

Jami:

204

 

 

Izoh:

  1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

  2. O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

  3. Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.

  4. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

  5. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi: O‘quv-tanishuv amaliyoti  (2-semestrda jami 120 soat), Ovoz yozuvi amaliyoti (4-semestrda jami 120 soat), Pedagogik amaliyot (6-semestrda jami 120 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat).

  6. Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi

  7. San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.

  8. Bitiruv malakaviy ishi (ijodiy ish – audio yozuvlar va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi.

O'xshash dasturlar