WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Menejment

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60410100 ─ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
60410100 ─ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar faoliyatining barcha shakllari, ularni ijtimoiy ─ iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy va moliyaviy masalalar yechimlarini, ya’ni likvidlilik va to‘lov qobiliyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60410100 ─ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar biznes rejalarni ko‘rib chiqish va ular samaradorligini baholash;
moliya bozorida vositachilik qilish;
mijozlarni to‘lovga qobiliyatini baholash usullarini qo‘llash;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqishi;
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
hisob ma’lumotlarini tayyorlash va umumlashtirish;
buxgalteriya hisobi va audit tizimi faoliyatining xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish;
tizimidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi va o‘zgarish tendensiyalarini tahlil qilish;
faoliyatga doir moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hamda ularni tahlili qilish;
buxgalteriya hisobi va audit xizmatlarini ko‘rsatishda dasturiy vositalardan foydalanish;
 sug‘urta mahsulotlarini sotishni va uning hisobini tashkil etish;
sug‘urta kompaniyalarining buxgalteriya hisobini yuritish va hisoboti tuzish;
bank xizmatlari hisobini tashkil qilish;
hisob ─ kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
kredit operatsiyalarini amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga oshirish;
banklarda faktoring va lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
bank ichidagi operatsiyalarni amalga oshirish;
 buxgalteriya hisobi xizmatini zamonaviy iqtisodiy bilimlar hamda sohaga oid xalqaro standartlarni qo‘llash asosida tashkil etish va boshqarish;
buxgalteriya hisobi va audit xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ish rejasini tuzish, bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
buxgalteriya hisobi xizmati va audit sohasini milliy va xalqaro standartlar talablariga mos rivojlanib borishini ta’minlash borasida ishlarni amalga oshirish;
tashkilot mablag‘laridan samarali foydalanish, ularni nazorat qilish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish;
tashkilot investitsiyalari samaradorligini baholash;
ilmiy ─ tadqiqot institutlari va markazlarda tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish, buxgalteriya hisobini mazkur standartlar talablari asosida yuritishga bag‘ishlangan mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan ─ texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy ─ texnik axborotlarni o‘rganish va tizimlashtirish;
tadqiqot natijalari va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
innovatsiyaga asoslangan yangi biznes ─ loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
biznesni tashkil etish, biznes ─ rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
 buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
buxgalteriya xizmatining joriy faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
ichki nazorat, davlat (shahar) moliyaviy nazorati, ichki va tashqi audit, audit, soliq va boshqa tekshiruvlar jarayonida buxgalteriya xizmati xodimlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarini tuzish bo‘yicha ishlarni bajarish tartibi va muddatlarini rejalashtirish, belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar