WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Menejment

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

60410800 - Menejment

Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Menejment

 

ECTS kreditlari: 240

 

Qisqacha tavsif: “Biznes, boshqaruv va huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish – iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni  rivojlantirishga, istiqbolini belgilashda, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan vositalari, usullari va uslublari bilan bog‘liq masalalar majmuasini qamrab oladi.

 

Amaliyot: Talabalar o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni o‘taydilar. Amaliyot davlat tashkilotlari, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, konsalting kompaniyalari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida tashkil etiladi. Amaliyot davomida talabalar boshqaruv faoliyati, biznes jarayonlari va korxona faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttiradilar.

 

Karyera istiqbollari: Bitiruvchilar menejer, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis, loyiha menejeri, inson resurslarini boshqarish (HR) mutaxassisi, operatsion menejer, Davlat va mahalliy boshqaruv organlari mutaxassisi, korxona va tashkilotlarning turli bo‘limlarida rahbar va mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura (MSc) va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar