Toshkent shahridagi Piza universiteti filiali
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
Dastur haqida
MBE — Business va iqtisodiyot uchun menejment yo‘nalishidagi Bachelor of Science (Management for Business and Economics) — Piza universiteti tomonidan biznes va iqtisodiyot sohalarida yoshlarni tayyorlash uchun yaratilgan 3 yillik bakalavriat dasturidir. Dastur turli xalqaro professor-o‘qituvchilar tomonidan to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi.
MBE — Business va iqtisodiyot uchun menejment bo‘yicha Bachelor of Science (Management for Business and Economics) biznes va iqtisodiyot sohalarida, shuningdek xalqaro menejmentda ilg‘or dastur hisoblanadi va iqtisodiyot, biznes va savdo huquqi, statistika hamda matematika bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi; yetakchilik va jamoada ishlash ko‘nikmalari biznes-keislarni tahlil qilish va jamoaviy loyiha ishlari orqali rivojlantiriladi. (BIZNES VA IQTISODIYOT UCHUN MIQDORIY USULLAR HAM IQTISODIYOT, BIZNES VA SAVDO HUQUQI, STATISTIKA VA MATEMATIKA SOHALARI UCHUN A’LO DARAJADAGI ASOS BO‘LIB XIZMAT QILADI)
O‘qish mavzulari asosan marketing strategiyasi, buxgalteriya hisobi va moliya, audit va boshqaruv nazorati, inson resurslari va tashkilot masalalarini o‘z ichiga oladi.
Karyera imkoniyatlari marketing, inson resurslari, audit, boshqaruv nazorati, savdo va xalqaro menejment sohalarida junior manager (kichik menejer) lavozimlariga yo‘naltirilgan.
Adolatlilik va teng imkoniyatlar Piza universiteti uchun muhim qadriyatlardir. Davlat notijorat universiteti sifatida, universitetimiz abituriyentlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash siyosatini yuritadi. Ushbu siyosat o‘qish to‘lovlarining hamyonbop bo‘lishi orqali amalga oshiriladi, bu esa har qanday iqtidorli yoshlarning yuqori sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Kurs Toshkentda 1 yil foundation bosqichini va Italiyaga, Piza shahriga avtomatik ko‘chirishni taklif qiladi.
O'xshash dasturlar
Amerika texnologiyalar universiteti
Biznes va texnologiyalar
61 600 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Biznes boshqaruvi
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Biznes menejmenti
43 891 200 so'm
yiliga
Amerika texnologiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
61 600 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga