WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Marketing

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

60411200 - Marketing

Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Marketing

 

ECTS kreditlari: 240

 

Qisqacha tavsif:

Dasturning maqsadi – marketing sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, tovar va xizmatlar bozorlarini tahlil qila oladigan, iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganadigan, marketing strategiyalari va kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqa oladigan, raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanib, samarali marketing qarorlari qabul qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Dastur talabalarni biznes va boshqaruv tizimida marketing faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish, brendni rivojlantirish, bozor segmentatsiyasi, maqsadli auditoriya bilan ishlash hamda xalqaro va mahalliy bozorlarda raqobatbardosh strategiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur kompetensiyalar bilan ta’minlashni ko‘zlaydi.

Amaliyot: Talabalar 4-kursning 8-semestrida 15 hafta davomida (30 kredit) mahalliy davlat va xususiy sector korxonalari, kompaniya va tashkilotlarida amaliyotni o‘taydi.

Karyera istiqbollari:

Bitiruvchilar turli mulk shaklidagi iqtisodiyot tarmoq va sohalaridagi biznes subyektlarining marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish, brend menejeri, savdo menejeri, reklama va PR menejeri, ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura (MSc) va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar