WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Raqamli iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Ushbu magistratura ta'lim dasturi orqali siz zamonaviy iqtisodiyotning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri bo'lgan “Raqamli iqtisodiyot” mutaxassisligi bo'yicha chuqur bilim va malakalarga ega bo'lasiz. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari raqamlashtirilayotgan hozirgi davrda ushbu soha mutaxassislariga talab tobora ortib bormoqda.

Siz o'qish davomida raqamli strategiya va axborot tizimlari, raqamli tizimlarni loyihalash, Big Data va Data Mining, sun'iy intellekt kabi zamonaviy fanlarni o'zlashtirib, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanasiz hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya qilasiz. Biz bilan ta'lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida (kunduzgi ta’lim shakli) siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy faoliyat: 1800 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar