WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Matematika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

60540100 ─ Matematika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil
60540100 ─ Matematika ta’lim yo‘nalishi ─ fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta maxsus va professional ta’limi muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi
60540100 ─ Matematika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng:
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limi muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida matematika fanidan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, ishlab chiqarish korxonalari hamda bank ─ moliya sohasi tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.

O'xshash dasturlar