WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Matematika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Matematika ta’lim dasturi

Aniq fanlar fakultetining “Matematika” yo’nalishida aniq fanlarni o’qitishda fanlar integratsiyasi va metodik tamoyillar bilan chambarchas holda 4 yil davomida matematika fanlarini nafaqat o’qitilish balki fanning umumiy ma’no va mazmuni to’liq o’qitiladi. Ta’lim berish davomida talabalarga pedagogik ta’lim va o’qituvchilik mahoratlari ham o’rgatib boriladi. Darslar davomida o’quvchilar bilan ishlash, darslarni samarali tashkil etish jarayonlari bevosita amaliy mashg’ulotlar va seminarlar orqali tushunchalar berib boriladi.

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Aniq fanlar sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Matematika” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz.

Siz 4 yil davomida “Matematika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

  1. Majburiy fanlar: 4 950 soat

  2. Tanlov fanlar: 1 380 soat

  3. Malakaviy amaliyot: 870 soat

Jami: 7 200 soat

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar