WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Matematika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Matematika taʼlim yo‘nalishi – Oliy talim, umumiy orta talim, orta maxsus va professional talim sohalaridagi yo‘nalish bo‘lib, ushbu yonalish ko‘plab sohalarning rivojlanishiga bilvosita va bevosita katta hissa qo‘shadi. Bu yo‘nalishdagi mutaxassislar – ya’ni matematikani o‘rgatadigan o‘qituvchilar va metodistlar – jamiyatda ilmiy fikrlash, mantiq, va analitik salohiyatni shakllantirish orqali turli sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladilar. Matematika ta’lim yo‘nalishi – bu nafaqat o‘qituvchilik, balki xalqaro raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, milliy tafakkurni shakllantirish, va innovatsion sohalarni quvvatlash vositasi hamdir.

Matematika ta’lim yo‘nalishi — bu ta’lim tizimining eng muhim va nufuzli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ushbu soha orqali jamiyatda mantiqiy va analitik tafakkurga ega, raqamli savodxonlikni puxta egallagan mutaxassislar yetishtiriladi. Mamlakatimizda bu yo‘nalish bo‘yicha malakali pedagog kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinmoqda.

Matematika nafaqat fan sifatida, balki boshqa barcha sohalarning ilmiy asosini tashkil etuvchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shu yo‘nalishda ta’lim olgan o‘qituvchilar kelajak avlodga zamonaviy bilim va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi, shuningdek, iqtisodiyot, texnologiya, muhandislik va IT kabi strategik sohalarning rivojiga ham bevosita hissa qo‘shadi.

Oquv dastur maqsadi

Talabalarni zamonaviy pedagogik va matematika bilimlari bilan ta’minlash, ularni o‘quvchilarga matematikani samarali o‘rgatishga tayyorlash hamda analitik fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.

Natija

Bitiruvchi:

  • Zamonaviy pedagogik va metodik bilimlarga ega bo‘lib, matematikani maktab va boshqa ta’lim muassasalarida samarali o‘qitish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
  • O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, analitik ko‘nikmalar va muammolarni mustaqil hal etish qobiliyatlarini shakllantira oladi.
  • Matematik bilimlarni o‘quvchilarga tushunarli, qiziqarli va bosqichma-bosqich yetkazish metodikalarini qo‘llay oladi.
  • Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va interaktiv o‘quv vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
  • Ta’lim jarayonini rejalashtirish, o‘quv materiallarini tanlash va moslashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash va nazorat qilishda malakali mutaxassis bo‘ladi.
  • Jamoada ishlash, pedagogik axloq qoidalariga rioya qilish, o‘z ustida doimiy ravishda ishlash va zamonaviy ta’lim tendensiyalarini o‘rganishga tayyor bo‘ladi.
  • Ta’lim sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, yangi metodlarni joriy etish va ta’lim sohasida innovatsiyalar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Matematika taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

  1. Maktab va boshqa ta’lim muassasalarida matematika o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritish
    • Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda dars berish.
    • Ta’lim jarayonini tashkil etish va metodik yordam ko‘rsatish.
  2. Oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichiga kirish
    • Ilmiy va pedagogik faoliyatni chuqurlashtirish.
    • Mutaxassislik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.
  3. Tashqi ta’lim loyihalari va grantlarda ishtirok etish
    • Ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha innovatsion loyihalarda qatnashish.
  4. Ta’lim metodikasi, o‘quv materiallari va darsliklar yaratish
    • Pedagogik usullar va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish.
  5. Qo‘shimcha malaka oshirish va sertifikatlashtirish
    • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni o‘rganish.

 

O'xshash dasturlar