WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Matematika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Matematika ta’lim yo’nalishi- fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’lib, umumiy o’rta , o’rta maxsus va professional ta’limi muassasalarida ta’lim yo’nalishiga  oid fanlarni o’qitish; O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o’rta, o’rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarda kompleks masalalar bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

240

7200

2850

1240

1460

 

150

 

690

3210

1-bosqichda o’quv rejada belgangan barcha fanlar o’zbek tilida olib boriladi.

2-bosqichdan o’quv rejadagi barcha fanlar o’zbek tilida olib boriladi.  O‘quv amaliyot OTM da olib boriladi. 

3-bosqichda o’quv rejadagi barcha fanlar o’zbek tilida olib boriladi. O‘quv amaliyotni OTM da olib boriladi. 

4-bosqichda o’quv rejadagi barcha fanlar o’zbek tilida olib boriladi. Malakaviy amaliyot-majburiy va tanlov fanlaridan nazariy bilimlarni mustaxkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg’unlashtirish, tegishli amaliy ko’nikmalar, kompetsiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;

Pedagogik amaliyot-pedagogik maxoratini oshirishga qaratiladi. 

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng “Matematik, pedagog” mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-8

Malakaviy amaliyot

19

4,6,8

Attestatsiyalar

26

1-8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

8

8

Ta’til haftalari

45

1-8

Kredit ta’limiga kirish

1

1

Jami

204

 

TA’TIL VAQTI:

  • 1-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi 

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha 

  • 2-kurs:

-dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi 

- iyul oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha 

  • 3-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi

- iyul oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha 

  • 4-kurs:

- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  • O’zbekistonning eng yangi tarixi
  • Falsafa
  • O’zbek(rus) tili
  • Xorijiy til
  • Dinshunoslik
  • Umumiy pedagogika. Psixologiya
  • Umumiy fizika
  • Matematik analiz
  • Chiziqli algebra
  • Analitik geometriya
  • Dasturlash asoslari
  • Algebra
  • Differensial tenglamalar
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Diskret matematika va matematik mantiq
  • Nazariy mexanika
  • Extimollar nazariyasi va matematik statistika
  • Matematik fizika tenglamalari
  • Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Funksional analiz
  • Matematikani o’qitish metodikasi
  • Variotsion hisob va optimallashtirish usullari
  • Hisoblash usullari

O'xshash dasturlar