WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining meyoriy muddati 2 yil.
 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi ─ “Tabiiy fanlar, matematika va statistika” sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, oliy malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oidfanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida ilmiy ─ tadqiqot markazlarida, ilmiy ─ ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, matematik metodlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan sohalarda ilmiy ─ tadqiqot faoliyati;
jarayonlar va obyektlarning matematik modellaridan foydalanib turli masalalarni yechish va ularning dasturiy ta’minoti;
tabiatshunoslik, texnika, iqtisod va boshqarish masalalarini yechishning effektiv matematik metodlarini yaratish;
tadqiqotlar olib borish, proyekt ─ konstruktorlik faoliyatini dasturiy ─ axborot ta’minotini ta’minlash sohalarini qamrab oladi.
 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
 ─ matematik tushunchalar, gipotezalar, teoremalar, metodlar;
 ─ fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tekshirish institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ─ tadqiqot bo‘limlari faoliyati;
 ─ mos kasb ─ hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
 ─ fundamental va tadbiqiy matematika va tabiiy fanlar mazmunini tashkil etuvchi matematik modellar.
 70540101 ─ Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari
Ilmiy ─ tadqiqot faoliyati;
Tashkiliy ─ boshqaruv faoliyati;
Pedagogik faoliyat;
Turli xizmatlar ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar