WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro Innovatsion Ta'lim va Tibbiyot Universiteti

Yuz-jag‘ xirurgiyasi

Magistr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

Yuz-jag‘ xirurgiyasi — tibbiyot va stomatologiyaning eng murakkab, mas'uliyatli va keng qamrovli yo‘nalishlaridan biridir. Bu soha yuz, jag‘, bo‘yin hamda og‘iz bo‘shlig‘idagi jarohatlar, tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar, o‘smalar hamda yallig‘lanish kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni o‘z ichiga oladi.

Ushbu magistratura dasturi bitiruvchilarning bazaviy bilimlarini chuqurlashtirib, ularni xalqaro standartlar asosida ishlay oladigan yuqori malakali yuz-jag‘ xirurgi, yetuk tadqiqotchi va pedagog etib tayyorlaydi. Magistrantlarimiz operatsiya xonasida haqiqiy amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, estetik va rekonstruktiv jarrohlikning eng zamonaviy yutuqlarini amalda qo‘llashni o‘rganadilar.

O'xshash dasturlar